O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi

O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi

«O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to'g'risida»gi qonun 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan.

Gerbda gullagan vodiy uzra nur sochib turgan quyosh tasvirlangan. Uni chap tomondan bug'doy boshoqlari, o'ng tomondan ochilgan paxta chanoqlaridan iborat chambar o'rab turadi. Gerbning yuqori qismida sakkiz qirrali yulduz, uning ichida yarim oy va yulduz joylashgan.

Markazda qanotlarini keng yozgan Humo qushi tasvirlangan — u baxt-saodat va erksevarlik timsoli. Gerbning pastki qismida, Davlat bayrog'i ranglaridagi lentada «O'zbekiston» so'zi yozilgan.

  • QuyoshYurtimiz yo'lini yorituvchi nur, serquyosh o'lka ramzi
  • Humo qushiBaxt, olijanoblik va ozodlik timsoli
  • Boshoq va paxtaXalqimizning rizq-ro'zi va boyligi
  • Sakkiz qirrali yulduzRespublikaning birligi va jipsligi ramzi
Telegram Instagram +99866 238-67-26