Samarqand davlat tibbiyot universitetining ishchi guruxi Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurishdi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2025 yil 26 dekabrdagi 400-sonli buyrug‘i ijro yuzasidan Samarqand davlat tibbiyot universitetining davolash ishi prorektori, ko‘p tarmoqli klinikabosh vrachi, professor N.N.Abdullaeva universitet professor- o‘qituvchilari hamda klinikaning yetakchi mutaxassislari bilan birgalikda Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasida va unga qarashli davolash-profilaktika muassasalarida bo‘lishdi va viloyati sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Jumladan, universitet ishchi gurux a’zolari Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, , Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya markazi Qarshi filialida, Qarshi shaxar 3, 4 son oilaviy poliklinikalari, Koson tumani tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli poliklinikasi, oilaviy poliklinikalarida bo‘lishdi. Mutaxassislar tomonidan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida kasalliklarni oldini olish ishlarini jadallashtirish, mavjud statsionar o'rinlar va tez tibbiy yordam xizmatidan samarali foydalanishni tashkil qilish, aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni yanada yaqinlashtirish, kadrlar ta'minoti va salohiyatini oshirish, aholi orasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklar profilaktikasi va tibbiy madaniyatni oshirish bo'yicha kompleks choralarni ko'rish, shu bilan birga yagona tibbiyot axborot tizimida (DMED) ish yuritish xolati o‘rganildi.
Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etish va istiqbolli rejalarni amalga oshirish bo‘yicha Samarqand davlat tibbiyot universiteti va Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan uzviy xamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Mazkur hamkorlik Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 26 dekabrdagi 400-son buyrug‘ida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.