SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasida Belorussiyalik mutaxassislar bilan bargalikda proktologik endovenoz lazerli miniinvaziv texnologiyalar bo‘yicha maxorat darslari  o‘tkazildi

24.10.2026 0

Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Koloproktologiyaning dolzarb masalalari – yutuqlar va innovatsiyalar” III xalqaro koloproktologlar anjumani doirasida 2026 yil 20 oktabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasiga Belarusiyadan kelgan mutaxassislar: Shuleyko Anatoliy Cheslavovich- Belarus davlat tibbiyot universiteti Shoshilinch jarrohlik va kam invaziv jarrohlik kafedrasi mudiri, t.f.d.,dotsent, mazkur kafedra professori Shaxray Sergey Vladimirovich va kafedra dotsenti Dibov Oleg Gennadevichlar tashrif buyurishdi. Dastlab mexmonlar bilan klinika ma’muriyatida bosh vrach, prof. N.N.Abdullaeva va bosh vrach o‘rinbosari K.B.Saidmurodovlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Shundan so‘ng Belorrussiyalik mutaxassislar klinikaning xirurgik binosida yaratilgan shart -sharoitlar, uning moddiy-texnika bazasi amalga oshirilayotgan yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari bilan tanishib chiqishdi.

Tashrif davomida kolorproktologiya bo‘limida bo‘lim vrachlari va SamDTU umumiy xirurgiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda maxorat darsi tarzida endovenoz lazerli miniinvaziv texnologiyalarni qo‘llash orqali proktologik jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi va professor Shaxray Sergey Vladimirovich tomonidan endovenoz lazerli miniinvaziv texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha maruza o‘qildi.

Xamkorlikda o‘tkazilgan bunday amaliyotlar va Belorussiya davlat tibbiyot universitetining “Shoshilinch va kam invaziv jarrohlik” kafedrasi bilan uzviy aloqalarni yo‘lga qo‘yish kelgusida koloproktologiyada kam invaziv amaliyotlarning yanada rivojlanishiga olib keladi.

Telegram Instagram +99866 238-67-26